EDN1 VA PPARA GENLARINING YURAK-QON TOMIR XAVFI SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI:ZAMONAVIY MOLEKULYAR-GENETIK JIHATLAR

Авторы

  • Mamiyeva B.M., Tulyaganova D.K. Автор

DOI:

https://doi.org/10.2222/w1bf4259

Аннотация

Annotatsiya. So‘nggi yillarda zamonaviy kardiologiyada yurak-qon tomir kasalliklarining molekulyar-genetik mexanizmlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Endotelial funksiya, qon tomirlar remodellanishi va metabolik jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi genlarni tadqiq etish eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ular orasida endotelial disfunksiya, ateroskleroz, lipid almashinuvi buzilishlari va miokard remodellanishi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan EDN1 va PPARA genlari muhim o‘rin tutadi.

EDN1 geni qon tomir tonusini boshqarish, yallig‘lanish, silliq mushak hujayralari proliferatsiyasi hamda aterogenez jarayonlarida ishtirok etuvchi eng kuchli vazokonstriktor peptidlardan biri bo‘lgan endotelin-1 sintezini kodlaydi. EDN1 genining polimorfizmlari qon tomirlar remodellanishi va yurak-qon tomir xavfining oshishiga oid potensial genetik markerlar sifatida qaralmoqda.

PPARA geni lipid va energetik almashinuvni, yog‘ kislotalarining β-oksidlanishini hamda kardiomiotsitlar metabolizmini boshqaruvchi PPAR-α yadroviy retseptorini kodlaydi. PPARA faoliyatining buzilishi dislipidemiya, insulinrezistentlik, ateroskleroz progressiyasi va yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishi bilan assotsiatsiyalanadi.

Ushbu sharhda EDN1 va PPARA genlarining biologik roli, ularning yurak-qon tomir kasalliklari patogenezidagi ishtiroki, shuningdek, molekulyar-genetik markerlarni personalizatsiyalashtirilgan kardiologiyada qo‘llash istiqbollari haqidagi zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan.

Скачивания

Данные по скачиваниям пока не доступны.

Опубликован

2026-06-25