KARDIOPULMONAL VA DIASTOLIK STRESS-TESTLAR YORDAMIDA YURAK ISHEMIK KASALLIGI BO’LGAN BEMORLARDA SAQLANGAN OTISH FRAKSIYALI YURAK YETISHMOVCHILIGI DIAGNOSTIKASI VA PROGNOZLASH
DOI:
https://doi.org/10.2222/mv8wmd71Abstrak
Saqlangan otish fraksiyali yurak yetishmovchiligi (SOFYY) zamonaviy kardiologiyaning murakkab va hali to‘liq hal etilmagan muammolaridan biri bo‘lib, ayniqsa yurak ishemik kasalligi (YuIK) fonida kechadigan hollarda diagnostika va prognozlash bir qancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ushbu maqola sharhi 2014–2024 yillar oralig‘ida nashr etilgan 25 dan ortiq xalqaro ilmiy maqola, meta-tahlillar va klinik qo‘llanmalar asosida kardiopulmonal test (KPT) va diastolik stress-testning (DST) YuIK bilan og‘rigan bemorlarda SOFYY ni aniqlash hamda prognozlashdagi ahamiyatini tahlil qiladi. Maqola natijalari ko‘rsatadiki, tinch holatdagi exokardiografiya diastolik disfunksiyani to‘liq ifodalay olmaydi; yuklama testlari - kardiopulmonal test (KPT) va diastolik stress-testlar (DST) - diagnostik bo‘shliqni to‘ldiradi. KPT va DST kombinatsiyasi SOFYY diagnostikasida AUROC 0,92–0,96 darajasiga yetib, individual testlarga nisbatan sezilarli ustunlik ko‘rsatadi. Ushbu testlarning prognozlashdagi roli ham isbotlangan bo‘lib, VO₂peak < 14 ml/kg/min va to’qima dopleri bo’yicha E/e’ ko’rsatkichi baholanadi. E/e' ≥ 15 ko‘rsatkichlari salbiy klinik natijalarda mustaqil omillar sifatida tan olingan.